Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi

“O‘zkimyosanoatloyiha” AJ
aksiyadorlarning umumiy yillik yig‘ilish o‘tkasishini e’lom qiladi
 
     “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ o‘z aksiyadorlariga Jamiyat Kuzatuv kengashi Majlisining 2023-yil 26-apreldagi protokol qaroriga muvofiq 2023-yil 19-may kuni soat 18-00 da quyidagi manzilda: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 38 “O‘zkimyosanoat” AJning majlislar zalida aksiyadorlarning umumiy yillik yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
     Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati 2023-yil 16-mayga tuziladi.
 
KUN  TARTIBI:
 
1. Hisob komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig ' ilishi reglamentini tasdiqlash.
3.  “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ 2022-yil uchun biznes-rejaning asosiy parametrlarini bajarish yakunlari bo‘yicha ijro etuvchi organ rahbarining yillik hisobotini tinglash.
4. Kuzatuv Kengashining 2022-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tinglash.
5. Jamiyat taftish komissiyasining 2022-yilgi hisobotini tinglash.
6. 2022-yilda Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik xulosasini NSAD va MSAGA muvofiq ko‘rib chiqish.
7. Jamiyatning 2022-yilgi yillik hisobotini tasdiqlash.
8. Jamiyat bosh direktorining shartnomasi muddatini uzaytirishni tasdiqlash.
9. Jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibini saylash.
10. Jamiyat taftish komissiyasi tarkibini saylash.
11. 2022-yil uchun kompaniyaning korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
12. Ijro etuvchi organ faoliyatining asosiy ko‘satgichlari bo‘yicha samaradorligini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
13. 2022-yil uchun Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha sof foydani taqsimlash, dividendlar miqdorini, shaklini, tartibini va ularni to‘lash muddatlarini aniqlash.
14. 2023-yil uchun Jamiyatning joriy iqtisodiy faoliyati jarayonida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar ro‘yxatini tasdiqlash.
15. 2023-yilda Jamiyatning joriy iqtisodiy faoliyatini ta‘minlash uchun moddiy-texnika resurslar ro‘yxatini tasdiqlash.
16. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
17. “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.
18. Ohangaron shahrida nitroselyuloza ishlab chiqarishning kislotali chiqindilaridan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha taklifni tasdiqlash, o‘rnatishning taxminiy qiymati 200,0 – 250,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
     
     “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ kuzatuv kengashi