Конкурс по отбору кандидатуры

"O‘ZKIMYOSANOATLOYIHA" AJ
"O‘zkimyosanoatloyiha" AJ aksiyadorlik jamiyatining Ijro etuvchi organiga nomzodlarni tanlab olish tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi
 
    "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Jamiyat Ustaviga, shuningdek "O‘zkimyosanoatloyiha" aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organiga nomzodlarni tanlash reglamentiga muvofiq Jamiyatning bosh direktori lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy menejerlar taklif etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2025-yil 22-aprel soat 10-00 dan (mahalliy vaqt bilan) 2025-yil 22-may soat 17-00 gacha (mahalliy vaqt bilan).
Tanlovning taxminiy o‘tkazilish sanasi: 2025-yil 23-may.
Tanlov o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 38-uy, "O‘zkimyosanoat" AJ
 
Aloqa uchun ma’lumotlar:
Murojaat uchun telefon: (+998-70-71) 5-27-67.
Aloqa uchun shaxs: Trushina Galina Gerasimovna
Veb-sayt: www.himproekt.uz
 
 
"O‘zkimyosanoatloyiha" AJ Kuzatuv kengashi