|
|
“O‘zkimyosanoatloyiha” AJning 2022 yil 23 iyundagi 02/04-427 -son xatiga ilova
|
“O‘ZKIMYOSANOATLOYIHA”AKSIYADORLIK JAMIYATIDA MA‘NAVIY-MA‘RIFIY ISHLARNING YANGI TIZIMINI YARATISH BO‘YICHA 2022 YIL UCHUN “YO‘L XARITASI” IYUN OYI IJROSI YUZASIDAN MA’LUMOT
23.06.2022 yil holatiga
№ |
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Amalga oshirish mexanizmi |
Mas'ul ijrochilar |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
II. “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasi asosida mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarini targ‘ib qilish orqali korxona xodimlarida vatanparvarlik, faol fuqarolik pozisiyasi va daxldorlik hissini kuchaytirish |
||||
9 |
“O‘zkimyosanoatloyiha” AJda ma'naviyatni yuksaltirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ular qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish buyicha tadbirlar uyushtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo’yicha nazorat qilish. |
Muntazam |
Jamiyatda muntazam ravishda xodimlar salomatligini mustahkamlash maqsadida, har kuni soat 10-00 va soat 15-00 da institut xodimlari jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib kelmoqdalar.
|
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas'ul, bo‘lim boshliqlari |
12 |
Har haftaning dushanba kuni siyosiy ma’rifat soatida ishtirok etish va jamiyat rahbari umumiy yig‘ilishida yillik jadval asosida rahbar xodimlarning respublikamiz va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bo‘yicha axborotlarini tinglash. |
Har dushanba |
Har haftaning dushanba kuni bosh direktor huzurida xodimlarning respublikamiz va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bo‘yicha axborotlari tinglab borilmoqda.
|
Bo‘lim boshliqlari |
III. Korxonadagi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish, intilish hamda tashabbuslarini qo‘llab-kuvvatlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish |
||||
22 |
Yosh xodimlarni egallab turgan lavozimi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslariga yuborilishini tashkil etish. |
Iyun |
Joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga “Toshkent arxitektura-qurilish institut huzuridagi qurilish sohasida menedjerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi”da “Qurilishda mualliflik nazorati” yo‘nalishi bo‘yicha “online” malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ xodimlari ro‘yhati (4 nafar) 01-18-391-sonli xati orqali yuborildi. 2022 yilning 13 iyun kunidan 17 iyun kuniga qadar O‘zkimyosanoatloyiha” AJ xodimi Djabrailova P.M. “Arxivlarda hujjatlarni tartibga keltirish” malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi. |
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas'ul, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, xodimlarni boshqarish bo‘limi |
IV. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash, davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etish |
||||
25 |
Davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish maqsadida korxona kadrlarni tayyorlash bo‘limida bosqichma-bosqich o‘quv kurslarini tashkil qilish. |
May-Iyun |
Joriy yilning 5-may kunidan 3-iyun kuniga qadar “Maxam-Chirchiq”da Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati filiali xodimlari tomonidan “O‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o‘quv mashg'ulotlari tashkil etildi. O‘zkimyosanoatloyiha”AJdan 4 nafar xodimlar ushbu o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. |
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas'ul, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, xodimlarni boshqarish bo‘limi |
VI. Korxonada ijtimoiy-ma'naviy muhit holatini mustahkamlash, “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida turli ko‘rinishdagi ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, korrupsiya, mahalliychilik kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar |
||||
41 |
Korrupsiyaning oqibatlari va sabablarini oldindan bartaraf etish bo‘yicha ta‘sirchan choralarni amalga oshirish; aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish; ishchi-xodimlar o‘rtasida qonunga hurmat va amal qilish hissini shakllantirish. |
Iyun |
Joriy yilning iyun oyida O‘zkimyosanoatloyiha” AJda faoliyat yurituvchi barcha xodimlarga 16 ta savoldan iborat Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash shakli tarqatildi va Jamiyat xodimlari tomonidan ushbu shakl to‘ldirildi va xodimlarni boshqarish bo‘limiga topshirildi. |
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas'ul, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, huquqshunos |
VII. Korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklardan keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilishda ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan samarali foydalanish |
||||
39 |
Mamlakatimiz kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklardan keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. |
Muntazam |
Jamiyatda bo’lib o’tayotgan barcha tadbirlar, amalga oshirilayotgan loyihalar internet va ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook) muntazam yoritib borilmoqda. |
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas'ul, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, axborot-texnologiyalari bo‘limi |