Stol tennisi turniri

     “Kasaba uyushmalari kuni”ga bag‘ishlab Joriy yilning 9-noyabr kuni, “O’zkimyosanoatloyiha” AJ xodimlari o‘rtasida “Stol-tennisi” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan stol tennisi musobaqasi juda qiziqarli va murosasiz yakunlanib, o‘rinlar quyidagicha belgilandi.
 
     🥇 o‘rin  – Veys Ametov – Qurilish bo’limining 1-toifali muhandisi
 
     🥈 o‘rin – Shoxzod Ziyatov-Qurilish bo’limimning 3-toifali muhandisi
 
     🥉 o‘rin – Ne’matjon Suvonov- Arxitektura bo’limining muhandisi
 
     G’oliblar tantanali ravishda joriy yilning 10-noyabr kuni Jamiyat bosh direktor v.b. I.A. Axmedjanov hamda Kasaba uyushmasi raisi – N.B. Muslimov tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.