Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi to'g'risida xabarnoma

 O‘zkimyosanoatloyiha" AJ o‘z aksiyadorlarini 2026-yil 26-iyun kuni soat 18-00 da Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 38-uy manzilida "O‘zkimyosanoat" AJning majlislar zalida chaqirilgan aksiyadorlarning Umumiy yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida xabardor qiladi.
 2026-yil 3-iyundagi Jamiyat Kuzatuv kengashi yig‘ilishining bayonnoma qaroriga muvofiq.
 Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2026-yil 22-iyunga qadar tuziladi.
 
KUN TARTIBI:
 
1. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. "O‘zkimyosanoatloyiha" AJ tomonidan 2025-yil uchun biznes-rejaning asosiy parametrlarini bajarish yakunlari bo‘yicha Ijro etuvchi organ rahbarining yillik hisobotini eshitish.
4. Kuzatuv kengashining 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish.
5. Jamiyat Taftish komissiyasining 2025-yilgi hisobotini eshitish.
6. Jamiyatning 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik xulosasini AFMS va AXSga muvofiq ko‘rib chiqish.
7. Jamiyatning 2025-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
8. Jamiyat bosh direktorining shartnoma muddatini uzaytirishni tasdiqlash.
9. Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi tarkibini saylash.
10. Jamiyatning 2025-yil uchun korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
11. 2025-yil uchun asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligini baholash yakunlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
12. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha 2025-yil yakunlari bo‘yicha dividendlarni to‘lash, to‘lash muddatlari.
13. Jamiyatning 2026-yilga mo‘ljallangan joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida affillangan shaxslar bilan bitimlar ro‘yxatini tasdiqlash.
14. Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
 
            Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish yig‘ilish kuni soat 17-00 da o‘tkaziladi.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyador O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga, aksiyadorning vakili esa, bundan tashqari, tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi kerak.
 
"O‘zkimyosanoatloyiha" AJ Kuzatuv kengashi