Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi
"O’zkimyosanoatloyiha" AJ!
Aksiyadorlari diqqatiga
“O‘zkimyosanoatloyiha” AJ Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Toshkent ko‘chasi, 4-uyda joylashgan 2024-yil 10-yanvar soat 18-00 da Toshkent shahridagi Navoiy ko’chasi 38-uyda joylashgan “O‘zkimyosanoat” AJ ma’muriy binosida “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.
“O‘zkimyosanoatloyixa” AJ elektron pochta manzili: office@himproekt.uz
Kun tartibi:
1) “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2) “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.
3) Kuzatuv kengashi raisi O.Sh.Temirovning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi taklifni ma’qullash.
4) “O‘zkimyosanoatloyixa” AJ Kuzatuv kengashiga taklif etilgan nomzodni saylash.
5) Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish yig‘ilish o‘tkaziladigan kuni soat 17:00 da amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanalari:
а) Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun 2023-yil 11-dekabrda (aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanaga);
б) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun 2024-yil 4-yanvarda (aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishidan 3 ish kuni oldin).
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish davrida aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining quyidagi materiallari bilan tanishishlari mumkin:
- jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasi loyihasi;
- (2023 yil 30 noyabrdagi 06-3594-son) xat nusxasi.
|
Kuzatuv kengashi
|