Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi

"O'zkimyosanoatloyiha" AJ
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida xabar beradi
 
“O‘zkimyosanoatloyiha” AJ o‘z aksiyadorlarini 2024-yil 25-iyun kuni soat 18-00 da Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 38-uy manzilida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida Jamiyat Kuzatuv kengashi yig‘ilishining 2024-yil 28-maydagi bayonnoma qaroriga muvofiq chaqirilgan aksiyadorlarning umumiy yillik yig‘ilishi bo’lib o’tadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2024-yil 19-iyun kuni tuziladi.
 
KUN TARTIBI:
 
1. Sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ Ijroiya organi rahbarining 2023-yilga mo‘ljallangan Biznes-rejaning asosiy parametrlarini amalga oshirish yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini eshitish.
4. Kuzatuv kengashining 2023 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish.
5. Jamiyat taftish komissiyasining 2023 yil uchun hisobotini eshitish.
6. NSAD va MSAga muvofiq Jamiyatning 2023 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasini ko‘rib chiqish.
7. Jamiyatning 2023 yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash
8. Jamiyat bosh direktorini tasdiqlash.
9. Jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibini saylash.
10. Jamiyat taftish komissiyasi tarkibini saylash
11. Jamiyatning 2023 yilga mo‘ljallangan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
12. Ijroiya organi faoliyatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha faoliyatini baholash natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
13. Jamiyatning 2023 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha sof foydani taqsimlash, dividendlar miqdorini, ularni to‘lash shakli, tartibi va muddatlarini belgilash.
14. Jamiyatning 2024 yilgi joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar ro‘yxatini tasdiqlash.
15. “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ “Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash.
 
   Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish yig‘ilish o‘tkaziladigan kuni soat 17-00 da amalga oshiriladi.
 Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyadorda pasport yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, aksiyador vakilida esa tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak.
 
“O‘zkimyosanoatloyixa” AJ Kuzatuv kengashi